WSO2 Micro Integrator (MI) yengil va konteynerga mos integratsiya mexanizmidir. Uning ildizi Apache Synapse asosida qurilgan WSO2 ESB yadrosida. WSO2 hujjatlari ham ESB 5, EI 6 dagi ESB profili va Micro Integrator 4.0 hamda 4.1 versiyalarining ijro yadrosi bir xil ekanini tasdiqlaydi.
Asosiy tushunchalar
- API va Proxy Service: Isteʼmolchi uchun REST yoki SOAP kirish nuqtasi.
- Sequence va Mediator: Xabarni oʻzgartiradigan, marshrutlaydigan, boyitadigan yoki qayd etadigan qadamlar zanjiri.
- Endpoint: Servis manzili, vaqt chegarasi, qayta urinish va Failover siyosati bilan.
- Inbound Endpoint: JMS, Kafka, RabbitMQ, fayl (VFS) va boshqa protokollardan xabar qabul qilish.
- Data Service: Maʼlumotlar bazasini servis sifatida taqdim etish.
- Connector: Servislar va SaaS larga tayyor ulanish; masalan S3, Kafka, Salesforce va maʼlumotlar bazalari.
Ishlab chiqish vositasi
Bugungi asosiy vosita «WSO2 Integrator: MI for VS Code» kengaytmasidir. Kengaytma oqimlarni yaratish, nosozliklarni tuzatish va birlik sinovini taqdim etadi, soʻnggi versiyalarda esa kod yaratish va maʼlumotlarni xaritalash uchun sunʼiy intellektli MI Copilot ham bor. Eclipse asosidagi Integration Studio hujjatlarda hali koʻrinadi, lekin asosiy yoʻl emas.
ESB va EI dan farqi
- Tarqoq XML fayllar oʻrniga TOML bilan konfiguratsiya.
- Yengilroq va Docker hamda Kubernetesga mos.
- Versiya raqamining API Manager bilan tenglashishi.
- Zamonaviy imkoniyatlarni qoʻshish: OpenTelemetry, MCP serveri, aqlli agentlar.
Agar eski ESB yoki EI tizimingiz boʻlsa, migratsiya yoʻli hujjatlashtirilgan; migratsiya maqolasida uni koʻrib chiqdik.
Bu maqola WSO2 ning rasmiy hujjatlari asosida yozilgan va sizning versiyangizdan biroz farq qilishi mumkin. Xato koʻrsangiz, xabar bering.